So`ngi yangiliklar
“Strongmen Games”: Kuchlilar aniqlandi
Turkiyadagi eng maftunkor yaxta manzillari
“Oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” – Oqdaryo hokimligi fermerlar pilla rejasini topshirishga majbur ekanligini aytgan “zam” hokimning harakatlarini oqlab chiqdi
Botir Zaripov noqonuniy holatlarning oldini olishni maqsad qilgan – Buxoro hokimligi munosabat bildirdi
“Nevaramning chet elda oʻqishi uchun qanday pul topsam deb uyqularim qochadi” – olmaliqlik faol “Umid” fondi yopilganidan ranjib, yangi taklif bilan chiqdi
Dunyo bilan barobar qadam…
“Antaliya Gambit”: Turk Riviyerasida hayajonli hikoya
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
“Nevaramning chet elda oʻqishi uchun qanday pul topsam deb uyqularim qochadi” – olmaliqlik faol “Umid” fondi yopilganidan ranjib, yangi taklif bilan chiqdi
Hurmatli EFFECT.UZ jurnalistlari! Sizlarning eʼtiboringizga bir mavzu taklif etmoqchiman, agar yechimi bor boʻlsa, bu muammoni hal etishda bizga yordam bersangiz.

Gap shundaki, koʻpchilik yoshlar chet el oʻquv yurtlariga testni aʼlo topshiradi, grant ham yutadi, lekin chet elga oʻqishga bora olmaydi. Buni asl sababi, baʼzi yoki barcha chet el oʻquv yurtlari talaba shu yurtga borishdan oldin, talaba hisob — raqamida (15 ming $ AQSH dollar, masalan Koreyada) mablagʻ boʻlishni talab qiladi.
Bu mablagʻni (sugʻurta mablagʻi deb ataylik), talaba hisob — raqamiga chet el grant mablagʻi kelib tushguncha, uz ehtiyojlari uchun ishlatib turishga kerak boʻladi. Bu mablagʻ, (15 ming $ AQSH dollari), grant mablagʻi talaba hisob — raqamiga kelib tushganidan soʻng, qaysi hisob — raqamidan kelgan boʻlsa, shu hisob — raqamga toʻliq qaytarkan. (Menimcha, bu toʻgʻri talab, chunki talaba oʻzga yurtda mablagʻsiz qolmaydi).
Xuddi shu muammo, yoshlarni qiynaydi. Hamma ota — onalar ham shuncha dollarni topib bera olmaydi, shuning uchun ham koʻpchilik talabalar bu talabni bajara olmay, chet elga oʻqishga borolmaydi.
Yurtimizda bu muammoni yechimi borligini bilmayman, agar sizda bunday maʼlumot bor boʻlsa, menga shu muammoni hal etishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman. Agar muammoning yechimi yoʻq boʻlsa, unda bu mavzu kanal orqali yoritilib, muhokama qilinib, mutaxassislar va mutassadi tashkilot bilan shu muammo yechimini topishni istardik.
Yurtimizda chet elga oʻqishga kirgan talaba yoshlar uchun “yordam fondi” ni tashkil etsak, talabaga berilgan mablagʻ yoʻq boʻlib ketmaydi, maʼlum muddatdan soʻng yana “yordam fondi” hisob — raqamiga toʻliq qaytib tushadi.
Men Oʻzbekistonda “Umid” fondi haqida eshitgandim, bu fond talabalar chet elda oʻqib, yurtiga qaytmaganligi sababli, oʻzini oqlamadi deb, yopilib ketibdi. Agar shunday boʻlsa, bu yaxshi boʻlmabdi.
“Toshkentni donini choʻqigan chumchuq makkada boʻlsa ham qaytib keladi” — deydi xalqimiz. Kun kelib, bu yoshlar dunyoni koʻrib, tajriba orttirib, albatta yurtiga qaytishadi. “Umid” fondi talabalarga grant berishgan, toʻgʻri bu katta mablagʻ yurtga ogʻirlik qilishi mumkin.
Mana shu fond tasarrufida, shu muammoni hal etish uchun talabalar uchun “yordam fondi”ni tashkil etilsa boʻlardi. Bunda mablagʻ sarf boʻlmaydi, maʼlum muddatdan soʻng fondga yana toʻliq qaytariladi. Balki mutaxassislar boshqa variant taklif etib, muammoni hal etishar, siz ham oʻz hissangizni qoʻshsangiz yaxshi ish boʻlardi.
Bu muammoni koʻtarishdan maqsad, mening nevaram shu yili ingliz tilidan IELTS topshirib 7,5 ball oldi, chet elda oʻqish niyati bor, lekin meni ham shu muammo juda qiynaydi, qanday mablagʻ topsam ekan deb uyqularim qochadi…
Hurmat va ehtirom ila, Sh. Matmuratov.
Olmaliq shahar, “Koinot” MFY, Obod koʻchasi, 36-uy. tel: +998 93 584 93 85.
Maʼlumot uchun, mamlakatimizda har bir sohani rivojlantirishda kadrlar masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarning oʻqishi, mutaxassislarning tajriba oshirishi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Shu maqsadda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2 ming 225 nafar stipendiatlar 45 ga yaqin davlatga oʻqishga yuborilib, byudjetdan jami 1,5 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Hozirgacha ularning 1 ming 400 nafari Oʻzbekistonga qaytib, iqtisodiyot tarmoqlarida, taʼlim, fan, tibbiyot va davlat boshqaruvida ishlamoqda. Bugungi kunda 748 nafar stipendiatlar “TOP-300” talikdagi nufuzli universitetlarda taʼlim olayapti.




Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir
