So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi
Norasmiy sammitda joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, boʻlajak 2023-yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan oʻtkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.
Maʼlum boʻlishicha, norasmiy sammitda joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, boʻlajak 2023-yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilingan. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni uch yoʻnalishda: siyosat va xavfsizlik borasida, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda.
MDH makonida toʻlaqonli erkin savdo hududini shaklantirish va transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardilar.
Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetik va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Hamdoʻstlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirdi, 40 dan ortiq koʻp tomonlama bitimlarni imzoladi hamda MDHning 23 ta tarmoq organlariga qoʻshildi.
2022-yilda Oʻzbekistonning Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi, 1 mingdan ziyod qoʻshma korxonalar tashkil etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir