So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Bosh vazir Surxondaryo viloyati hokimligida yigʻilish oʻtkazadi — Manba
Yigʻilishda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ham ishtirok etadi.
Bugun, 26-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida yigʻilish oʻtkaziladi. Unda tashkiliy masala koʻrilishi va viloyatga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda.

Yigʻilishda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ham ishtirok etadi. Effect.uz manbasi maʼlumotiga koʻra, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov lavozimidan ozod etilgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu yigʻilishda Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan Ulugʻbek Qosimov yangi hokim sifatida tanishtiriladi.
Maʼlumot oʻrnida, Toʻra Bobolov 2019-yilning mayida Surxondaryo viloyati hokimiga aylangan edi. Bobolov 2020-yil yanvarida viloyat hokimi lavozimiga rasman tasdiqlangan.
Izohlar 1
Anvarov Rashid
2022-Dec-27 16:23Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir