So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Oʻzbekneftgaz”: Shoʻrtan koni shtabida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarining 2022-yil yakunlari tanqidiy muhokama qilindi va 2023-yil uchun rejalar belgilab olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida geologiya sohasini rivojlantirish va uning barcha boʻgʻinlarida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator, jumladan, geologiya ishlarining 10 yillik dasturini ishlab chiqish, 6 ming metrdan ortiq chuqurliklarda gaz uyumlarini aniqlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish, konlarni ishlatish va ular boʻyicha berilgan litsenziyalarni hamda majburiyatlar bajarilishini qayta koʻrib chiqilishi kabi maqsadli vazifalar belgilab berildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Shoʻrtan konidagi Shtabda ushbu vazifalarni bajarish maqsadida 2022-yilda amalga oshirilgan neft va gaz geologiya qidiruv ishlari va ularning natijalari, jumladan, 5 ta yangi kon ochilganligi, 35 mlrd. Kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 1,6 mln.tonna suyuq uglevodorod zahiralari koʻpaytirilganligi alohida qayd etildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qoʻmitasi, “OʻzLITIneftgaz” AJ, “Oʻzbekgeofizika” AJ, “IGIRNIGM” davlat muassasasi va “Shlyumberje” kabi korxonalarning hamda joylardagi burgʻilash, qazib chiqarish boshqarmalarining rahbar va mutaxassislari, geologlar, geofiziklar, muhandislar ishtirokida “Oʻzbekneftgaz” AJning 2023-yildagi neft va gaz geologiya qidiruv ishlarining ustuvor vazifalari hamda erishilishi kutilayotgan natijalari batafsil muhokama qilindi.
Dastlab “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2022-yilning yakunida yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari rejasini bajarish, zaxiralarni koʻpaytirish va yangi maydonlarni burgʻilashga kiritish hamda ularning kelgusi istiqbolli yoʻnalishlari, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir takliflar batafsil tahlil qilindi.
Shu bilan bir qatorda, 2022-yilda neft va gaz geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, xususan burgʻilashga kiritish uchun yetarli darajada yangi maydonlar tayyorlanmaganligi, burgʻilash ishlarini bajarishdagi kamchiliklar va ular ustidan yetarlicha geologik nazorat olib borilmaganligi, mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida burgʻilash eritmalari bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar, seysmik qidiruv ishlari ustidan doimiy monitoring ishlarining sust bajarilganligi va quduqlarda oʻrnatilgan geologik texnologik stansiyalar faoliyatidagi kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.
Ushbu kamchilik va nuqsonlarni tezkor bartaraf etish yuzasidan barcha tegishli rahbar va mutaxassislarga aniq muddatlarini belgilagan holda tegishli koʻrsatmalar berildi.
Qoʻmita va uning tarkibidagi tashkilotlar bilan birga Respublikada neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi sifatida Qoraqalpogʻiston Republikasi va Respublikamizning boshqa hududlari ham belgilab olinganligi, Ustyurt mintaqasida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha Kelajak maydonida 6500 metrga izlov quduqlarini burgʻilash tadbirlarni loyihalashtirish, ularni maqsadli amalga oshirish, tabiiy gazning yangi konlarini ochish, qoʻshimcha zaxiralarini aniqlash eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi hamda kelgusi yillarda birinchi navbatda qaysi yangi maydonlarda chuqur burgʻilash ishlarini boshlash kelishilib olindi.
“Oʻzbekgeofizika” AJ bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tayyorlanayotgan istiqbolli strukturalar bazasi kamligi eʼtiborga olinib kelgusida “Oʻzbekgeofizika” AJ va Davlat geologiya qoʻmitasi tomonlaridan 3D seysmik qidiruv ishlari natijasida tayyorlanadigan istiqbolli strukturalar sonini yanada kengaytirib, kelgusi 2023-2032-yillar mobaynida doimiy toʻldirilib borilishi taʼkidlab oʻtildi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi mutaxassislari ham oʻz vazifalarini belgilab olishdi.
Shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasiga “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun kelgusida Respublikamizning neft va gazga istiqbolli hududlaridan kerakli bloklarni ajratib berish boʻyicha takliflar aytib oʻtildi hamda ushbu barcha koʻrsatilgan koʻrsatmalar geologiya-qidiruv ishlarini kelgusi 10 yillik dasturida aks etirilishi belgilab olindi.
Bundan tashqari “Oʻzbekneftgaz” AJ oldiga qoʻyilgan geologiya-qidiruv ishlari vazifalarni bajarish uchun kelgusi 2023-2032-yillarga geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqishda “Oʻzbekneftgaz” AJ, ”Oʻzbekgeofizika” AJ va Davlat geologiya qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan “Ishchi guruh” tuzilgan holda ishlarni tezkor tashkillashtirishga koʻrsatma berildi.
Tadbir davomida Ustyurt hududining qoʻshimcha istiqbollarini oʻrganish maqsadida “Shlyumberje” kompaniyasi bilan oʻrnatilgan hamkorliklar asosida jamiyat bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar holati, olingan va erishilayotgan natijalarning samaradorligi ham oʻrganib chiqildi. Ushbu kompaniya bilan keyingi yillarda Muborak, Shoʻrtan va Gazli hududlari istiqbollarini baholash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish va davom etirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga “OʻzLITIneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibidagi barcha neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, departamentlardagi barcha geologiya xodimlarini “Shlyumberje” kompaniyasida 2023-2024-yillarda mutaxassislarni malakaviy oʻqitish, ularni saviyasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkillashtirilishiga kelishib olindi.
Boshqaruv raisi shuningdek burgʻilash ishlarida hamda uglevodorod qazib chiqarish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni ham tanqidiy muhokama qilib, tegishli rahbar va mutaxassislarga ularni bartaraf etish, bugungi kundagi dunyodagi geosiyosiy holatni eʼtiborga olgan holda, material-texnik resurslar taʼminotini tezkor hal qilish, qisqa muddatlarda tadbirlar samaradorligini keskin oshirish boʻyicha ham zarur koʻrsatmalar berdi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ mutaxassislari yuqorida keltirilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish orqali Respublika uglevodorod xom ashyo bazasini mustahkamlash va uni kelgusida barqaror rivojlantirish, shuningdek aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qilish maqsad qilingan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati