So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida SHHT doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentning PQ–339-sonli qaroriga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro bitim rasman tasdiqlandi. Mazkur hujjat ekologik sohadagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
2025 yil 13 noyabrda Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (PQ–339-son) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Ushbu bitim 2024 yil 4 iyul kuni Ostona shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi chog‘ida imzolangan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng uning qoidalarining to‘liq va samarali bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.