So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
2026 yilda inflyatsiya darajasi 7 foizgacha tushiriladi
O‘zbekistonda inflyatsiya darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi — 2025 yilda 7,8 foizga tushgan inflyatsiya 2026 yilda 7 foizgacha kamaytirilishi, 2027 yilda esa 5 foiz atrofida barqarorlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Bu maqsadda tovar va xizmatlar taklifini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda bank tizimi orqali iqtisodiyotga yo‘naltiriladigan kreditlar hajmini keskin oshirish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga inflyatsiyani jilovlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan vazifalar haqida axborot berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra yillik inflyatsiya darajasi o‘tgan yilgi 10,2 foizdan 7,8 foizgacha pasaygan. 2026 yilda bu ko‘rsatkichni 7 foizgacha tushirish, 2027 yilda esa 5 foiz atrofida ushlab turish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda ichki bozorda tovar va xizmatlar taklifini oshirish, ayniqsa, agrar tarmoq, oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni banklar orqali moliyalashtirish kengaytiriladi.
Yig‘ilishda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Iqtisodiyotga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar hajmi kelgusi yilda 450 trillion so‘mga yetkaziladi. Joriy yilda tadbirkorlik subyektlariga 116 trillion so‘m kredit berilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir.
Mahallabay ishlash tizimi doirasida 89 ming fuqaroning biznes tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi, yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 100 ming nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.
2026 yilda ham kambag‘allikni qisqartirish va aholini tadbirkorlikka faol jalb etish ishlari davom ettiriladi. Shuningdek, mikro, kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmi 140 trillion so‘mga yetkazilib, yana 100 ming fuqaroning loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi.
Prezident aholi va biznes uchun barqaror moliyaviy muhit yaratish, bank tizimiga ishonchni oshirish hamda moliya bozorida sog‘lom raqobatni ta’minlash bank-moliya siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga inflyatsiyani jilovlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.