Qidirish

13:19 / 2025-10-15 1733 0 Siyosat

Prezident Mirziyoyev Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qiladi va “Yangi Toshkent” aeroporti qurilishiga start beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ushbu mamlakat investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi. Shuningdek, davlat rahbari “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishiga start beradi va poytaxtdagi bir qator ishlab chiqarish obyektlari bilan tanishadi.

world-news

Bugun, 15 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi. Uchrashuv doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va yirik loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan “Yangi Toshkent” xalqaro aeroportiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etadi hamda poytaxtdagi qator ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishadi.

Izohlar 0

Fikr bildirish