So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Zamonaviy sulola: Xitoydagi “MING” hukmronligi tugatildi
Xitoy davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, Venchjou shahrida yirik jinoyatchilik bilan shugʻullanib kelgan Ming oilasining 39 nafar aʼzosiga sud hukmi oʻqildi. Ular Myanmaning Xitoy bilan chegaradosh Laukkaing shahrida joylashgan firibgarlik markazlarini boshqarib kelgan.
Ming oilasining qora faoliyati
Tergov natijalariga koʻra, 2015-yildan beri Ming oilasi onlayn firibgarlik, noqonuniy qimorxona faoliyati, narkotiklar savdosi va boshqa bir qator jinoyatlar bilan shugʻullangan. Ular boshqargan firibgarlik markazlaridan tushgan noqonuniy daromad 10 milliard yuandan (1,4 milliard AQSH dollari) ortiq mablagʻni tashkil qilgan.
Oila Laukkaingdagi “Crouching Tiger Villa” nomi bilan tanilgan 10 mingdan ortiq ishchiga ega markazlarni boshqarib kelgan. Ishchilarning koʻpchiligi odam savdosi qurboniga aylangan va muntazam ravishda qiynoqqa solib kelingan.
Xitoy davlat OAV bergan maʼlumotlariga koʻra, 30-sentabr kuni Ming oilasi aʼzolariga quyidagicha sud hukmi oʻqilgan:
- 11 nafariga – oʻlim jazosi;
- 5 nafariga – shartli oʻlim jazosi (2-yilga kechiktirilgan);
- 11 nafariga – umrbod qamoq;
- 12 nafariga – 5-yildan 24-yilgacha ozodlikdan mahrum etish.
Xalqaro munosabat va keskin choralar
Ming oilasi Myanmada ham eng kuchli jinoiy tarmoqlardan biri sifatida tanilgan. 2023-yilda Myanma hukumati ularning qidiruvdagi koʻplab aʼzolarini Xitoy politsiyasiga topshirgan. Oila yetakchisi Ming Xuechang hibsga olinayotganda oʻz joniga qasd qilgani haqida mish-mishlar ham yoʻq emas.
Xitoy hukumatining bu masalaga nisbatan qatʼiy yondashuvi xalqaro miqyosda eʼtibor qozondi. Pekin bosimi ostida Tailand ham Myanma bilan chegaradosh hududlardagi firibgarlik markazlariga qarshi choralar koʻra boshladi. Biroq, bunday jinoyat tarmoqlari tezda yangi yoʻllar orqali Kambodjaga koʻchib, faoliyatini boshqa mamlakatlarda davom ettirmoqda.
BMT bunday markazlarni “firibgarlik fabrikalari” deb atagan. Ming oilasiga berilgan bu ogʻir jazolar — Xitoyning bunday jinoyatlarga murosasiz yondashuvini tasdiqlovchi kuchli signali boʻldi.