So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ukrainada harbiy poyezdda o‘q-dorilar portladi
Kiyev viloyatida harbiy yuk poyezdidan birida o‘q-dorilar detonatsiyasi sodir bo‘lib, yo‘lovchi poyezd harakati to‘xtab qoldi. Qurbonlar qayd etilmagan, yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.
2025 yil 14 sentyabrga o‘tar kechasi Kiyev viloyati Fastov tumanidagi Kalinovka qishlog‘i hududida harbiy poyezdda olib ketilayotgan o‘q-dorilar portladi. Bu haqda mahalliy nashrlar manbalariga tayanib xabar berdi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi ham harbiy yuk poyezdlaridan birida detonatsiya sodir bo‘lganini tasdiqladi. Portlash natijasida temir yo‘l kontakt tarmog‘iga zarar yetdi va shu sababli Xarkivdan Polshaning Peremishl shahriga yo‘l olgan 73-sonli yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar yaqin atrofdagi hududga evakuatsiya qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q va vagonlarda yong‘in sodir bo‘lmagan. «Ukrzalіznitsya» kompaniyasi ma’lum qilishicha, shikastlangan infratuzilma sabab 30 ga yaqin poyezd o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. 73-sonli Xarkiv – Peremishl poyezdi esa to‘rt soatdan keyin Korosten orqali harakatni davom ettirgan.
Kompaniyaning xabariga ko‘ra, evakuatsiya qilingan 240 nafar yo‘lovchining ko‘pchiligi sayohatni poyezdda davom ettirgan, 21 nafar yo‘lovchi esa avtobus orqali Kiyev vokzaliga yetkazilgan. Bir nechta yo‘lovchilar uylariga qaytgan, ular keyingi poyezdlar orqali manziliga yetkazilishi ta’minlanishi aytilgan.
Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Mikola Kalashnikka ko‘ra, hodisadan so‘ng uch nafar ayol stress sabab tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Shu bilan birga, voqea qo‘poruvchilik oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida ham versiya ko‘rib chiqilmoqda. Vasilkov shahrida sodir bo‘lgan kuchli portlashlar bilan bu hodisa o‘zaro bog‘liqmi-yo‘qmi, hozircha aniq emas.