So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Uzbekistan Airports 6,8 mlrd soʻmlik davlat xaridini qonunga zid tarzda oʻtkazgani fosh boʻldi
Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 6,8 mlrd soʻmlik davlat xaridi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda amalga oshirilganini maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, Uzbekistan Airports AJ buyurtmachiligida jami 6,8 mlrd soʻmlik “bodi-kameralarni yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish xizmatini koʻrsatish” yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari sodir etilgan.
Taʼkidlanishicha, tanlovda ishtirokchilar uchun hujjatlarida aks etgan talablar asosida takliflar toʻliq va xolis baholanmagani, shuningdek oʻzaro affillangan shaxslar (yaʼni oʻzaro bogʻliqlik va manfaatdorlik) ishtirok etgani va baholash jarayonida qator xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani tasdiqlangan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olingan. Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.