So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
2 milliarddan ortiq summa tadbirkor hisobiga qaytarildi
Vakil devoniga Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi “Uchquduq” (nomi oʻzgartirilgan) MCHJ faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvdan va hisob raqamidan yechib olingan pul mablagʻi qaytarilmay kelinayotganligidan norozi boʻlib murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Navoiy viloyat soliq boshqarmasining buyrugʻiga asosan jamiyat faoliyatida soliq auditi tekshiruvi oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jamiyatga jami 2 milliarddan ziyod qoʻshimcha soliq va jarimalar hisoblangan hamda ushbu mablagʻlar jamiyat hisob raqamidan undirilgan.
Oʻz navbatida, sudning hal qiluv qaroriga asosan soliq boshqarmasining bu qarori haqiqiy emas deb topilgan boʻlsada, jamiyatdan undirilgan pul mablagʻlari tadbirkor ixtiyoriga qaytarilmagan.
Bundan tashqari, jamiyat faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish davomida amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganlik holati aniqlangan.
Oʻrganish natijasiga koʻra tekshirishda qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanilib, tadbirkor hisob raqamiga 2 milliard 160 million soʻm pul mablagʻi qaytarilishi taʼminlandi.