So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Hokim yordamchilari jami 40 mlrd soʻmlik kreditni talon-toroj qildi
Fargʻonada 2024 va 2025-yillardagi holatlar oʻrganilgan, jami 26 nafar yordamchiga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Fargʻonada 2024-yilda 10 nafar va joriy yilning oʻtgan davrida 16 nafar hokim yordamchisi jami 40 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Fargʻona shahrida faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari 1666 ta holatda 37 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgan.
Misol uchun, Qirguli mahallasidagi hokim yordamchisi XXX Quva tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro nomiga 33 mln soʻmdan ularning xabarisiz kredit rasmiylashtirib, talon-toroj qilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning 2021-yildagi PQ-55-sonli qarorida hokim yordamchilari oʻziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanishi va ularning samaradorligini monitoring qilib borish choralarini koʻrishi belgilangan.