So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Uch hududda fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga tushdi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “I.Y.” nodavlat oliy taʼlim muassasasi boʻlim boshligʻi B.A. 4 nafar fuqaroni ushbu oliygohga 3-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga har biri uchun 1 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytgan.
Qonunbuzar jami 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro A.I. fuqaro N.Sh.ning ishonchiga kirib, qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasida oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjat rasmiylashtirib, goʻyoki taʼlim muassasalari qabul komissiyasida ishlovchi tanishlari orqali Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, departamentning Piskent tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.E. va B.A. fuqaro K.X.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari yordamida mazkur universitetga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 ming AQSH dollari soʻragan.
Shundan soʻng, fuqarolar J.E. va B.A. kelishilgan 2 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.