So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Samarqandda Spark ogohlantirishlarga qaramay, tez yordam mashinasiga yoʻl bermadi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda Spark haydovchisi tez yordam mashinasiga yoʻl bermayotgani aks etgan video tarqaldi.
Tez yordam haydovchisi bir necha bor avtomashina raqamini takrorlab, yoʻl berishini soʻragan, ammo Spark haydovchisi ishora va ogohlantirishlarni eʼtiborsiz qoldirgan.
Natijada, tez yordam harakatni davom ettirish uchun qarshi yoʻlga chiqishga majbur boʻlgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari haydovchi shaxsini aniqlab, u bilan tushuntirish ishlarini olib bordi. Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-5-moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ushbu moddada 5 BHM (2 mln 60 ming soʻm) miqdorida jarima belgilangan. Haydovchilarga eslatib oʻtildi: sirena va koʻk yoki qizil, shuningdek, koʻk va qizil chiroqlar yoqilgan holda yaqinlashib kelayotgan tez yordam hamda boshqa maxsus xizmat avtomashinalariga yoʻl berish shart.