So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkak 15 yildan koʻproqqa qamaldi
Toshkent shahrida rafiqasini salkam 20-marta pichoqlagan erkakning sud ishi koʻrib chiqildi.
Bu haqda “Milliy” telekanalida maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 1-fevral kuni Yangihayot tumanida sodir boʻlgan. 1978-yilda tugʻilgan er 1986-yilda tugʻilgan xotiniga uyni sotishga qarshi boʻlganligi sababli qasd qilgan. Erkak giyohvandlik vositalarini qabul qilib kelganini maʼlum qilgan.
“Shu orqamdan kelib, xoʻjayinim pichoqladilar. Men pichoqni urayotganini bilmagandim, doʻpposlayapti deb oʻylabman. Juda ogʻir ahvolda edim”, degan jabrlanuvchi. Koʻrsatilgan zarur tibbiy choralar sababli jabrlanuvchi ayolning hayoti saqlab qolingan.
Sud tomonidan erkakka nisbatan hukm oʻqilgan, ammo ayblanuvchi hukmdan norozi boʻlib appelyatsiyaga bergan. Toshkent shahar sudi appelyatsiya instansiyasida koʻrib chiqilgan ishda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan tayinlangan uzil-kesil 15-yilu 3 oylik ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻzgarishsiz qoldirildi.