So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Afgʻonistondagi Alisher Navoiy haykali buzib tashlandi
“Tolibon” esa hozircha bu ish yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
Afgʻonistonning “Tolibon” muvaqqat hukumati Mozori Sharif shahrida Temuriylar davrida yashagan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykalini butunlay buzib tashladi. Bu haqda “Amu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Tolibon”ning bu harakati qator ziyolilar va siyosatchilarining gʻazabini keltirib chiqargan. Ularning aytishicha, “Tolibon” nafaqat boshqa millatlarning maʼnaviy qadriyatlari va insoniyatning tarixiy faxriga eʼtibor bermayapti, balki amalda mamlakatning madaniy va tarixiy oʻzligini yoʻq qilish va kamsitish bilan shugʻullanmoqda.
Shuningdek, faol fuqarolar bugun, 20-avgust kuni muvaqqat hukumatning bu ishini qoralab, bayonot bilan chiqqan. 20 ta fuqarolik va ijtimoiy tashkilot tomonidan tayyorlangan bu qoʻshma bayonotda Alisher Navoiyning haykalini buzish “xalqning umumiy xotirasiga va Afgʻonistonning oʻzligiga hujum” sifatida baholangan.
Ushbu tashkilotlar xalqaro hamjamiyatni, UNESCOʻni, xalqaro tashkilotlarning madaniy muassasalarini va inson huquqlari himoyachilarini Afgʻoniston xalqlarining tarixiy va madaniy merosini himoya qilish uchun darhol chora koʻrishga chaqirgan.
Qayd etish joiz, haykalning buzilishi ijtimoiy tarmoqlarda ham aks sado bergan. Qobul universitetining oʻzbek adabiyoti professori Abdulhanon Qilich Arslon Facebookʼda bu ishni “adolatdan tashqari” deb atab, voqea boʻyicha aniqlik kiritishni talab qilgan.
Alisher Navoiyning haykali taxminan 17-yil avval Mazori Sharif shahar hokimiyati tomonidan, uning xotirasini yodga olish maqsadida oʻrnatilgan edi.
Avvalroq ham Navoiyning haykali qisman buzilgani haqida xabarlar chiqqan, ammo “Tolibon” rasmiylari uning butunlay buzilishi haqida hech qanday izoh bermagan.