So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Gʻazalkentda savdo doʻkoni yonib ketdi
Hodisa oqibatida doʻkonining tom va ichki qismi, taxminan 70 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, bugun, 19-avgust kuni soat 16:40 da Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shahri “Navroʻz” MFYda joylashgan xoʻjalik mollari doʻkonining 2-qavatida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:55 da yongʻinni oʻrab olingan va 17:33 da toʻliq oʻchirgan.
Taʼkidlanishicha, yongʻin tufayli tan jarohati olganlar toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda alanganing kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugun, 19-avgust kuniga oʻtar kechasi Buxoro shahridagi tarixiy imoratlar yaqinida joylashgan oshxonada yongʻin sodir boʻldi. Shuningdek, soat 11:00 larda poytaxtning Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosida yirik yongʻin yuz berdi.