So`ngi yangiliklar
“Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga nisbatan qoʻporuvchilik harakati sodir etgan temiryoʻlchilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yilda qurib bitkaziladi
Oʻzbekiston yuqori daromadli davlat boʻlishi uchun 100-yil kerak
Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni urush xavfidan ogohlantirdi
Oʻzbekistonda iyul oyida yangi avtomobil sotuvlari rekord darajada oshdi
Tramp va Putin Ankorijdagi harbiy bazada uchrashadi
“Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan
Bugun, 14-avgust kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozoriga borib, u yerda tadbirkorlik qilayotgan fuqarolar va majmua ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, bozor umumiy yer maydoni 6,5 gektar bo‘lib, hududda 902 ta do‘kon mavjud. Shundan faoliyat yuritgan do‘konlar soni 567 ta (56,4 foiz).
11-avgust kuni yirik yong‘in sodir bo‘lib, bozorning 40 foizi yonib ketgandi. Maʼlum qilinishicha, masʼul shaxslar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida bozor hududida alanga kelib chiqqan. Olov taxminan 8 ming metr kvadrat maydonni qamrab olgan. Savdo do‘konlari ichidagi barcha mol-mulklar yonib ketgan.
“Dastlabki maʼlumotnomaga ko‘ra, bozor va fuqarolarga jami 74 milliard so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan”, deyiladi manbada. Izohlanishicha, birinchi yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:29 da yetib borgan. Yong‘in soat 04:46 da to‘liq bartaraf etilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ketmoqda.
“Yong‘inning sababi bozorga kirishda o‘ng tomonda joylashgan birinchi va ikkinchi do‘konlar orasidan o‘tgan elektr simlarida yuzaga kelgan avariyadan (ortiqcha yuklanish, yuqori o‘tish qarshiligi) deb taxmin qilindi. Yong‘in sababini aniqlash maqsadida X.Sulaymonova nomidagi ekspertiza markazidan ekspertlar, yong‘in institut xodimlari va boshqa mutaxassislar ishtirokida hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, olingan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid kompleks ekspertiza tayinlangan. Yong‘in oqibatida A blokdagi 78 ta tadbirkor (106 ta do‘kon), C blokdagi 11 ta tadbirkor (19 ta do‘kon) va E blokdagi 48 ta tadbirkor (56 ta do‘kon), jami 137 ta tadbirkor (181 ta tadbirkor do‘koni va 76 ta bo‘sh do‘kon) yong‘indan zarar ko‘rgan”, deya qayd etgan hokimlik.
Hokimlik 12-13-avgust kunlari bozor maʼmuriyati tomonidan yong‘in oqibatida jabrlangan 165 ta tadbirkorga faoliyatini davom ettirishi uchun joy ajratib berilganini bildirgan.
Hokim tashrifi chog‘ida tadbirkorlarga bozorning kelgusi faoliyati xususida Toshkent metropoliteni qaror qabul qilishi tushuntirilgan. Maʼlum bo‘lishicha, 2026-yil 1-martdan boshlab “Uch qahramon” bozori o‘rnida metropoliten uchun zarur infrastruktura obyekti qurilishi boshlanadi.
“Bu haqda metropoliten rahbari Rahmonbek Usmonovning telefon orqali bergan izohi Zoyir Mirzayev tomonidan tadbirkorlarga yetkazildi”, deyiladi manbada. Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hokimligi tadbirkorlarning kelgusi faoliyati uchun Savdo-sanoat palatasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.



