So`ngi yangiliklar
“Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga nisbatan qoʻporuvchilik harakati sodir etgan temiryoʻlchilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yilda qurib bitkaziladi
Oʻzbekiston yuqori daromadli davlat boʻlishi uchun 100-yil kerak
Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni urush xavfidan ogohlantirdi
Oʻzbekistonda iyul oyida yangi avtomobil sotuvlari rekord darajada oshdi
Tramp va Putin Ankorijdagi harbiy bazada uchrashadi
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga nisbatan qoʻporuvchilik harakati sodir etgan temiryoʻlchilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 161-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli “Ziyovuddin temir yoʻl masofasi” korxonasida temir yoʻl toʻsiqlari boʻyicha brigadir lavozimida faoliyat yurituvchi, Navoiy shahrida yashovchi, 1988-y.t fuqaro 2023-yilning dekabr oyida korxonada brigadir shtat birligi tugatilgach, u yoʻl sozlovchisi va temir yoʻl toʻsiqlari qoʻriqchisi vazifasiga ishga oʻtkaziladi.
Lekin, sobiq brigadir oʻz noroziligini rahbariyatga koʻrsatib qoʻyish maqsadida Karmana tumanida yashovchi, 1992-y.t. hamkasbi bilan jinoiy reja tuzadi.
Joriy yilning 14-yanvar kuni kechki vaqt ular Samarqand viloyatining Paxtachi tumani “Burqut” MFY hududida joylashgan “Ziyovuddin-Navoiy” temir yoʻl bekatlari oraligʻining 3872-km hududiga borib, ogʻirligi 110 kg boʻlgan temir-beton shpalni “Afrosiyob” elektropoyezdi harakatlanuvchi temir yoʻl relsi ustiga koʻndalang holatda qoʻyib, voqea joyidan yashirinishadi.
Oradan 15-20 daqiqa oʻtib, “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida 159 km/s tezlikda harakatlanayotgan, jami 148 nafar yoʻlovchisi boʻlgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi temir-beton shpal bilan toʻqnashadi. Buning natijasida poyezdning harakatlantiruvchi qismlariga jiddiy shikast yetadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur shaxslar ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 161-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi tomonidan esa qonunbuzarlar qoʻporuvchilik harakatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning biriga 13-yil, ikkinchisiga esa 12-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, qoʻporuvchilik harakati natijasida jinoyatchilar tomonidan “Afrosiyob” poyezdiga 260 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi bois, ushbu pul mablagʻi davlat hisobiga undirib olindi.



