So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni urush xavfidan ogohlantirdi
Oʻzbekiston Migratsiya agentligi xorijdagi fuqarolarni qurolli mojarolarda ishtirok etishdan ogoxlantirdi. Bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Agentlik maʼlumot berishicha, ayrim davlatlarda mehnat migrantlarini urush va jangovar harakatlarga yollash holatlari koʻpaygan. Bu fuqarolarning hayoti, erkinligi va kelajagiga jiddiy xavf tugʻdiradi. Shu munosabat bilan qurolli mojarolar hududlariga yaqinlashish, harbiy operatsiyalarda ishtirok etish, xorijiy qurolli tuzilmalarga qoʻshilish va yollash takliflariga rozi boʻlish qatʼiy man etilgani eslatildi.
Oʻzbekiston Jinoyat kodeksiga koʻra, chet el harbiy xizmatlariga qoʻshilganlik uchun 300 baravargacha BHM miqdorida jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilanadi. Yollanma asosda xizmat qilish esa 3–5-yil ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Agentlik xavf tugʻilganda darhol Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari yoki Migratsiya agentligi vakolatxonalariga murojaat qilishni tavsiya etdi.
“Xochu jit” loyihasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda Rossiya kamida 902 nafar oʻzbekistonlikni urushga yollagan. Jami 1110 nafar oʻzbekistonlik harbiy hizmatga jalb etilgan; ulardan 109 nafari halok boʻlgan. Oʻzbekistonda tekshiruv va jinoiy taʼqib kuchayganiga qaramay, yollash holatlari davom etmoqda.