So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Bloger Aziz Hakimov Sherzodxon Qudratxoʻjani haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi
Aziz Hakimovga haqorat va yolgʻon maʼlumot tarqatgani uchun maʼmuriy jarima chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, bloger fuqarolarimizni xorijiy qurolli kuchlarga yollanishni ilgari suruvchi materiallarni tarqatayotganligi aytilmoqda.
Sherzodxon Qudratxoʻjaning maʼlum qilishicha, Hakimov uni omma oldida haqorat qilgan va natsizmda ayblagan. Uchtepa tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 202-2-moddasi 1-qismiga (Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish) asosan blogerni aybli deb topgan va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 18 mln 750 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Sherzodxon Qudratxoʻja ishni jinoiy toifaga oʻtkazish niyatida ekanini bildirgan. Shuningdek, u blogerdan 500 mln soʻm tovon puli undirish, omma oldida kechirim soʻrash va unga oid barcha videolarni oʻchirishni talab qilmoqda.
Sud mazkur talablarni fuqarolik ishlari boʻyicha sud tartibida koʻrib chiqish mumkinligini qayd etib, Qudratxoʻjaga tegishli sudga murojaat qilish tartibini tushuntirgan.
Jamoatchilik faoli Nikita Makarenko oʻz Telegram kanalida: “Aziz Hakimov OʻzSSRni madh etuvchi va Oʻzbekiston mustaqilligi qadrini pasaytiruvchi, Ukrainadagi urushni targʻib qiluvchi, shuningdek, fuqarolarimizni xorijiy qurolli kuchlarga yollashni ilgari suruvchi materiallarni faol nashr etadi. Masʼul idoralardan ushbu huquqbuzarliklar boʻyicha ham tegishli ish qoʻzgʻatishlariga umid qilaman”, deya yozmoqda.