So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Xavf ostida yashayotgan bandixonliklar
Tahririyatimizga Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Obodyurt mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi.
"Ushbu yozgan murojaatimizning mazmuni shundan iboratki, bizlar koʻp yillardan buyon kishlogʻimizga elektr beton tayanchlarni yangisiga almashtirish boʻyicha murojaat kilganmiz. 2021-2023-yillarda Bandixon tumanini ijtimoiy rivojlantirish toʻgʻrisidagi 515-son karori buyicha dasturiga asosan dastur hujjatlarida belgilangan hududlarni elektr tayanch ustunlarni bajarmay chala tashlab ketdi. Hozirgacha murojaatlarimiz yildan yilga oʻtib qogʻozda qolib ketmoqda. Elektr tayanchlar tagi chirib, belgilangan quvvat pastligi maishiy elektr jihozlarimizdan foydalana olmay qiynalyapmiz. Shu sababli elektr quvvati kamligi bois isteʼmolchilar foydasiga moddiy va manaviy zararimiz boʻyicha oʻrnatilgan tartibga asosan kompensatsiya undirib berishda, dastur boʻyicha tashlab ketilgan ishlarni bajrib berishda amaliy yordam berilishini va murojaatimiz nazoratga olinishini soʻrab qolamiz", - deydi murojaatchilar.
Oʻz navbatida, tegishli tashkilotlar bu masala boʻyicha rasmiy munosabat kutib qolamiz.