So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda Umraga yuboruvchilar boʻyicha «Sirli mijoz« yashirin nazorat tadbirlari oʻtkaziladi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita qarori bilan Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita umraga yuboruvchilar boʻyicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari oʻtkazilishini maʼlum qildi. Qoʻmita qarori bilan umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
Unda qayd etilishicha, “Sirli mijoz” tadbiridan umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, litsenziyaga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan noqonuniy xizmatlar koʻrsatilishini barvaqt aniqlash va oldini olish maqsad qilingan.
“Sirli mijoz” tadbiri qonuniylik, xolislik va adolatlilik prinsiplariga asoslangan holda qoʻmita masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tadbir tekshirish yoki tadbirkorlik faoliyatiga aralashish hisoblanmaydi, bunday tadbirlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi.
Ushbu tadbir umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar faoliyatini barvaqt aniqlash maqsadida qoʻmita tashabbusi bilan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Tadbir quyidagi manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tashkil etiladi:
- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan umra xizmatini koʻrsatish faoliyati
- yuzasidan qoʻmitaga kelib tushgan murojaatlar;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumot,
- tahlil va xulosalar;
- ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻidagi vebsaytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalarda tarqalgan maʼlumotlar;
- “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrta va yuqori darajada baholangan tadbirkorlik subektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Qoʻmita masʼul xodimi umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning oldiga mijoz sifatida boradi va undan oʻziga umra xizmati koʻrsatilishini soʻraydi hamda quyidagi maʼlumotlarni yigʻadi:
- umra xizmatini koʻrsatish uchun tegishli litsenziya mavjudligi (rasmiy hujjat yoki ogʻzaki maʼlumot asosida);
- umra xizmatini koʻrsatish shartlari (muddati, narxi va boshqalar);
- umra xizmati uchun toʻlov usuli va hisob raqami.
- “Sirli mijoz” tadbiri davomida yashirin diktofon yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilishi mumkin.
Tadbiri natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va qoʻmitaning vakolatli tarkibiy boʻlinmasiga taqdim etiladi. U besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Huquqbuzarlik holatlari aniqlansa, qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallarni yuborish boʻyicha takliflar tayyorlanadi.