So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Rossiya janubida dronlar neft zavodi va temir yoʻlni nishonga oldi
Krasnodar oʻlkasida joylashgan Afipskiy neftni qayta ishlash zavodida dron parchalari gaz tizimida yongʻinga sabab boʻldi.
Mahalliy hokimiyatlar yongʻin tezda oʻchirilganini bildirgan boʻlsa-da, Telegram-kanallar Slavyansk-na-Kubanda harbiy qismda ham yongʻin chiqqanini yozmoqda.
Krasnodar oʻlkasi gubernatori Navorossiysk portiga dron-katerlar hujumi boʻlganini tasdiqladi. Rasmiylarga koʻra, zarar yoki jabrlanganlar yoʻq.
Shuningdek, Kalininskiy tumanida dron parchalari temir yoʻl kontakt tarmogʻini shikastlagan, bu esa bir necha yoʻlovchi poyezdlari kechikishiga sabab boʻlgan.
Volgograd viloyatidagi Surovikino stansiyasida ham dronlar sabab yongʻin yuz bergan. RF Mudofaa vazirligi bir kechada Rossiya va anneksiya qilingan Qrim hududi ustida 82 ta dron urib tushirilganini maʼlum qildi.