So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qashqadaryoda uyida 60 tup kannabis ekkan fuqaro qoʻlga olindi
Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida, Kasbi tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazilgan.
Unda tuman hududida yashovchi muqaddam sudlanmagan fuqaro S.Xning yashash uyi va yordamchi xoʻjalik xonalari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash uyi hovlisidan 60 tup yashil rangli kannabis giyohvandlik oʻsimligi borligini aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlinmasi tomonidan fuqaro S.Xga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq ham Qashqadaryo viloyatida fuqaroning tomorqasida 22 tup “kannabis” oʻsimligi ekilgani aniqlangani toʻgʻrisida xabar qilgandik.