So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston iyun oyida dunyoda eng koʻp oltin sotib oldi
Mamlakat bir oyda 9 tonna oltin xarid qilib, dunyodagi barcha markaziy banklar orasida birinchi oʻrinni egalladi.
Jahon oltin kengashi maʼlumotiga koʻra, 2025-yil iyun oyida dunyo boʻylab markaziy banklar jami 22 tonna oltin xarid qilgan. Bu talab uchinchi oy ketma-ket oʻsishda davom etayotganini koʻrsatadi. Ushbu davrda eng yirik xaridor sifatida Oʻzbekiston tan olindi — mamlakat 9 tonna oltin sotib olgan.
Oʻzbekiston toʻrt oylik “sotuv rejimi”dan soʻng bozorga qaytib, yana oltin zaxiralarini toʻplashni boshladi. Bu oʻzgarish mamlakatning valyuta-oltin zaxiralarini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasi doirasida amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.
Qozogʻiston iyun oyida 7 tonna oltin sotib olib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Xitoy, Turkiya va Chexiya esa har biri 2 tonnadon xarid qilgan. Shuningdek, Gʻana, Qatar, Filippin va Qirgʻiziston bir tonnadon oltin sotib olgan davlatlar qatorida qayd etilgan.
Mazkur oyda oltinning eng yirik sotuvchisi Singapur boʻlib, u 6 tonna oltin sotgan. Bu ham markaziy banklar zaxira siyosatidagi faol harakatlardan dalolat beradi.
2025-yil boshidan buyon markaziy banklar jami 123 tonna oltin xarid qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davridagi 130 tonnadan kamroq boʻlsa-da, yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Yil boshidan buyongi umumiy savdo boʻyicha yetakchilar quyidagicha:
Polsha — 67 tonna,
Ozarboyjon — 35 tonna,
Qozogʻiston — 22 tonna,
Oʻzbekiston esa 18 tonna oltin sotib olib, yetakchi davlatlardan biriga aylangan.