So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Chorvachilikda yangi qonun: bir martalik identifikatsiya bepul boʻladi
“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.
Аvvalo shuni taʼkidlash kerak, ushbu qonun bilan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Yaʼni, mazkur qonun asosida hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritiladi.
Chorva hayvonlari va hayvon egalarining yagona reyestrini yaratish va ularning hisobini yurituvchi elektron axborot tizimini joriy qilinadi. Mamlakatimizga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishining oldini olinadi. Boshqacha aytganda, mazkur qonun veterinar osoyishtalikni taʼminlashda huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, qonunda hayvon egalariga ham bir qator imkoniyatlar yuzaga kelishi aks etgan. Deylik, hayvonga nisbatan egalik huquqiga daʼvo qilish imkoniyati paydo boʻladi. Hayvonning haqiqiy egasini identifikatsiya qilinganlik orqali aniqlashga yordam beradi.
Hayvon egalariga oʻtkazilgan diagnostik tekshirish natijalari va davolash ishlari haqidagi maʼlumotlarni olish imkoni yaratiladi. Mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini tezlashtiradi. Mavjud chorva mol bosh soni toʻgʻrisida yagona elektron maʼlumotlar bazasi yaratiladi.
Chorva hayvonlarining oʻta havfli yuqumli kasalliklariga davlat tomonidan bepul toʻliq profilaktik emlanishiga erishiladi. Natijada hayvonlar orasidagi epidemik xavfning oldi olinadi. Identifikatsiya qilingan hayvonlardan olinadigan mahsulotlarning sifati va havfsizligi taʼminlanib, ichki va tashqi bozorlarda sotishi kafolatlanadi.
Kasalliklar va turli sabablarga koʻra nobud boʻlgan (harom oʻlgan) chorva hayvonlar goʻshtini xufyona sotish qonun bilan taʼqiqlanadi va isteʼmolga yaroqsiz chorvachilik mahsulotlari savdosiga chek qoʻyiladi. Har bir bosh chorva toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi va tirik chorva hayvonlar savdosi manzilli amalga oshiriladi.
Chorva hayvonlarini saqlanishi va migratsiyasi tartibga olinadi va doimiy monitoring qilish tizimi yaratiladi. Eng muhim jihati shundaki, identifikatsiyadan hayvon egalariga ortiqcha yuk tushmaydi. Yaʼni, bir martalik bepul toʻliq identifikatsiya qilib beriladi. Xonadon egalari chorva hayvonlari tugʻilganda, sotganda yoki soʻyganda smartfon telefoni orqali yoki ogʻzaki murojaati bilan roʻyxatga olinadi va roʻyxatdan chiqariladi. Bunda hech qanday mablagʻ talab etilmaydi.