So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda 6 oyda 5 mingdan ortiq fuqaro oilaviy zoʻravonlik uchun jazolandi
Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.
2025-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda 5 mingdan ortiq fuqaro oilaviy zoʻravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortildi.
Uning aytishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) boʻyicha 4 952 nafar shaxs sud qaroriga binoan jazolangan.
Shundan:
— 3 200 nafari — jarimaga tortilgan;
— 1 752 nafari — maʼmuriy qamoqqa olingan.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) asosida ham 231 fuqaro sudlangan.
Ular orasida:
— 65 nafariga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan;
— 166 nafari ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu holatlar oilaviy muhitda zoʻravonlikka qarshi kurash doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar doirasida aniqlanib, qonuniy baho berilgan.