So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻqituvchilarni “remont”ga majburlagan direktor jarimaga tortildi
Andijonning Marhamat tumanida oʻqituvchilarni taʼmirlash ishlariga jalb qilgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq 42-maktabda oʻqituvchilar majburan maktab taʼmiriga jalb qilingani, ayrim pedagoglar hatto taʼtil paytida devor suvoq qilishga majbur boʻlgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi surishtiruv oʻtkazdi.
Aniqlanishicha, maktab direktori Z.M. oʻz vakolatidan foydalanib, pedagoglarni taʼmirlash ishlariga chiqarmagan taqdirda, ularga kam dars soati ajratilishini bildirgan. Ushbu harakat Mehnat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga zid deb topilib, unga 100 baravar BHM – yaʼni 41 million 200 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Maktab 2023–2024-yillarda davlat mablagʻi evaziga taʼmirlanganiga qaramay, taʼmirlash ishlariga ustozlar jalb etilgani, ayrimlari mehnat taʼtilida boʻlishiga qaramasdan maktabga chaqirilgani jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻldi.
Tarqalgan videolarda ingliz tili, rus tili, matematika fanidan dars beruvchi ayol oʻqituvchilar devor suvlayotgani, stul-tanov tashiyotgani aks etgan.