So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Xalqaro terroristik tashkilot safiga qoʻshilishga hayrihox boʻlgan fuqaro jazoga tortildi
DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari toʻxtatib qolinib, huquqiy baho berildi.
Qoʻqon shahrida yashovchi shaxs 2021-yilda “Telegram” messenjerida kanal yaratib, unga aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni joylab, kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatadi. Bundan tashqari u “Instagram” ijtimoiy tarmogʻida xozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktur va media targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning daʼvatlari taʼsiriga tushadi. Soʻngra, Suriya davlatiga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida oʻzaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qoʻshilishga hayrixohlik bildiradi.
Oʻz navbatida ushbu shaxs yaqin tanishlari va oʻzining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qoʻshilishga daʼvat qiladi.
Natijada, jinoyat ishlari boʻyicha Furqat tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning244 prim 1-moddasi 3-qismi “g” bandi, 244 prim 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.