So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Xivada xususiy bogʻcha rahbari tomonidan bola jarohatlandi
Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 29-iyul kuni Xorazm viloyati Xiva tumanidagi xususiy maktabgacha taʼlim muassasalaridan birida muassasa rahbari bolani jarohatladi.
Xizmat tekshiruvi davomida aniqlanishicha, mazkur muassasada rahbar lavozimida ishlab kelayotgan J.M. tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnashib yurgan U.Sh.ni sheʼrni yodlab kelmagani uchun chap yelka sohasini qoʻli bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan bolaning yaqinlari tomonidan Xiva tumani Ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilingan va mazkur holat Xiva tuman IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari ishtirokida muhokama qilingan. Ayni paytda Xiva tuman IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Mazkur voqea boʻyicha tegishli huquqiy baho berish, bola huquqlari va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilayotganini maʼlum qilamiz. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zoʻravonlik holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligi qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, bu borada mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.