So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Konibodomdagi vaxshiy qotilliklar ortidan 4 kishi umrbodga qamaldi
Bu haqda kecha, 25-iyul kuni Konibodom shahri rahbari Davron Zoxidzoda jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Tojikistonning Konibodom shahridagi oʻnlab odamning oʻlimi bilan bogʻliq ish yuzasidan toʻrt nafar shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etildi.
Maʼlum boʻlishicha, Konibodomda sodir etilgan koʻplab odam oʻlimi bilan bogʻliq ish yuzasidan toʻrt nafar shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etilgan. Ammo Zoxidzoda hukm qaysi kunda chiqarilganini aniq aytmagan va ish tafsilotlaridan xabari yoʻqligini bildirgan.
Mazkur ish boʻyicha ilgari berilgan maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning mart dekabr oylari oraligʻida Konibodom va unga yaqin hududlarda 7 ta oiladan jami 23 kishi shafqatsiz tarzda oʻldirilgan. Ular orasida qariyalar, bolalar va turli yoshdagi ayollar ham boʻlgan.
Qotilliklar 2024-yilda sodir boʻlgan. 28-29-mart kunlari bir oiladan 5 kishi, 16-17-aprel kunlari 2 kishi, 28-29-may kunlari ikkita oiladan 6 kishi, 8-9-dekabr kunlari esa 6 kishi va 15-16-dekabr kunlari ikkita oiladan 4 kishi vaxshiylarcha oʻldirib ketilgan.
Qayd etilishicha, baʼzi holatlarda qoʻlga olingan gumonlanuvchilarning yaqinlari ularning aybsizligini taʼkidlab, ishni qayta koʻrib chiqishni talab qilgan.
Qotilliklar toʻgʻrisidagi voqealar jamoat orasida katta qoʻrquv va tahlika uygʻotgan – aholi kechalari koʻcha-koʻyda navbatchilik qilib, xavfsizlikni taʼminlashga uringan.