So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Forish tumani aholisi suvsizlik tufayli ogʻir ahvolda
Tahririyatimizga Jizzax viloyati Forish tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi.
Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyati, Forish tumani, Oʻzbekiston MFY aholisi bir necha haftalardan buyon qattiq issiqda ichimlik suvisiz qolgan. Harorat 40°S dan oshgan bir paytda aholi soatlab emas, kunlab suv kutadi. Eng alamlisi, bu kabi ogʻir sharoitda ham odamlar hayot uchun zarur boʻlgan suvni pulga — har bir avtotsisterna uchun taxminan 120 000 soʻmdan sotib olishga majbur boʻlmoqda.
Muammoning sababini soʻraganimizda, turli gap-soʻzlar aytiladi: “motor kuygan”, “suv taʼminotiga masʼullar eʼtiborsiz”, “jahl qilib ishdan ketgan xodimlar bor” deyishadi. Lekin eng koʻp tilga olinayotgan va jiddiy qaralishi lozim boʻlgan masala — Forish tuman suv taʼminoti boʻlimiga yangi rahbar etib tayinlangan Amir Nishonov kelganidan keyin bu muammo yanada kuchaygani haqidagi iddaolardir.
Bu iddaolar tasdiqlanadimi yoki yoʻqmi — aniq bir munosabat, rasmiy bayonot, jamoatchilik oldida ochiqchilik hozircha yoʻq. Aholi qiynalayapti. Bolalar, qariyalar, bemorlar suvsiz qolmoqda. Birorta mutasaddi chiqib na sababni, na yechimni aytayapti.
Qachongacha aholi turmushi eʼtibordan chetda qoladi? Qachon javobgarlik va tizimli yechimlar boʻladi? Savol koʻp, biroq javob yoʻq.