So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ramzan Qodirov Turkiyada choʻkib ketishiga sal qolgani aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan
Bu haqda turk Yeni Şafak va Milliyet gazetalari xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Qodirov 24-iyul kuni Egey dengizi sohilidagi Bodrum kurortida dam olayotgan vaqtida oʻzini yomon his qilgan va choʻkib ketishiga sal qolgan. Uni suvdan olib chiqishgan, birinchi yordam koʻrsatishgan va tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishgan. Checheniston rasmiylari turk matbuotida chiqqan bu xabarlarga hozircha izoh bergani yoʻq.
“Novaya gazeta” maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil yanvar oyida Qodirovda oshqozon osti bezining nekrozi aniqlangan, 2022-yil bahoridan boshlab esa uning ahvoli yomonlashgan. Nashrning yozishicha, Rossiya prezident maʼmuriyati 2023-yil sentyabridan boshlab Chechenistonda hokimiyat almashinuvi ssenariysini ishlab chiqmoqda, chunki 48 yoshli Qodirovning sogʻligʻi tobora yomonlashib bormoqda.
Jurnalistlar Ramzan Qodirovning ehtimoliy vorisi sifatida “Axmat” boʻlinmasi qoʻmondoni Apti Alaudinovni tilga olishgan.