So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jasliq qamoqxonasining sobiq mahbusi Choʻyan Mamatqulov yana qamaldi
Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.
"Karimov zamonining sobiq siyosiy mahbusi Choʻyan Mamatqulov yana qamaldi. Jinoyat ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani sudining hukmi bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Choʻyan Mamatqulov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ayblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovni sudga berishi ortidan tanilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining sobiq zobiti Choʻyan Mamatqulov 2012-yilning avgustida Jinoyat kodesining 8 ta moddasi bilan ayblanib, 10-yilga ozodlikdan mahrum qilingan va jazo muddatining aksar qismini Jasliq lagerida oʻtagan edi. 2018-yilning bahorida yangi siyosat tufayli muddatidan avval ozod qilingan Mamatqulov keyinchalik toʻliq oqlangan edi.
Jamiyatimizga Mamatqulovning advokatlari murojaat qilib, jinoyat ishi tergovining bir tomonlama olib borilgani, jinoyat ishi materiallarida dalillar soxtalashtirilgani haqida xabar berdi. Oliy sud negadir sudlanuvchining appelyatsiya shikoyati boshqa viloyatda koʻrilishi haqidagi arizalarni eʼtiborsiz qoldirmoqda.
Oliy sud jinoyat ishining boshqa viloyatda koʻrilishini taʼminlasa, adolatdan boʻlardi", deydi Tashanov.