So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi
Viloyat IIBB YHXB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23-iyul kuni soat 05:00 larda Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 39-kilometrida “Gentra” va “Cobalt” rusumli transport vositalari ishtirokida YTH yuz bergan.
Voqea sodir boʻlgan joyga YHXX xodimlari “Lacetti” rusumli xizmat avtomobilida yetib borib, YTHni rasmiylashtirish va ushbu joyda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida patrul avtomobilini mayoqlarini yoqqan holda qatnov qismining oʻng boʻlagiga joylashtirgan.
Shundan soʻng, 2001-yilda tugʻilgan R.A. “HOWO” rusumli yuk avtomobilini “Toshkent-Olmaliq” yoʻnalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda eʼtiborsizligi tufayli “Lacetti” rusumli patrul avtomobilini yon qismiga borib urilgan.
YHXB xabariga koʻra, har ikkala holatda ham harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Hozirda ikkala yoʻl-transport hodisalari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.