So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Fargʻonada ayolning sogʻlom oyogʻini kesib yuborgan shifokor sudlandi
Marhumaning yaqinlari foydasiga 27.806.292 soʻm moddiy zarar va 80.000.000 soʻm maʼnaviy zararni undirish belgilangan.
Sud hujjatiga koʻra, XXX 2024-yil 19-oktyabr kuni bemor ayolning chap oyoq son sohasini amputatsiya qilish jarrohlik amaliyotiga kirishib, biror tibbiy xulosa yoki koʻrsatma mavjud boʻlmasa-da, kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, bemor yoki uning yaqin qarindoshlarini ogohlantirib, roziligini olmasdan turib, biror kasallik asorati boʻlmagan oʻng oyogʻini son sohasidan kesib tashlab, keyinchalik chap son sohasini ham koʻr-koʻrona amputatsiya qilib, insonning sogʻlom tana aʼzosini kesib tashlashi natijasida, bemor bir vaqtning oʻzida ikki ogʻir turdagi jarrohlik amaliyotini koʻtara olmasdan, olgan tan jarohatlari asoratlari oqibatida 2024-yil 7-noyabrda vafot etishiga sababchi boʻlgan.
1-bosqich sudining 2025-yil 6-may kungi hukmi bilan shifokor XXX JKning 116-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3-yil sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida rahbarlik va shifokorlik vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan 4-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 16-iyul kungi ajrimi bilan 1-bosqich sudining hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan.