So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Andijonda boshqa bir ayolni samosud qilgan butik rahbarini IIB nazoratga oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi, boshqa bir ayolga nisbatan zoʻravonlik ishlatayotgan holati aks etgan videotasvirlar tarqalib, jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.
Aniqlanishicha 2024-yilning 15-dekabr kuni Andijon shahri, Hunarmand mahallasida joylashgan kiyim savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkon egasi, 1992-y.t. fuqaro A.F. qoʻl ostida sotuvchi boʻlib ishlovchi 2005-y.t. fuqaro S.S. ni oʻzaro qarz oldi-berdi masalasi ortidan unga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Jabrlanuvchi dastlab unga nisbatan boʻlgan tazyiq hamda zoʻravonlik holati yuzasidan Ichki ishlar organlariga yoki yaqinlariga xabar bermagan.
Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasini shaxsiga aniqlik kiritilgan boʻlib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.