So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasi uchun qazilgan yashirin tunnel fosh etildi
Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida yonilgʻi-moylash materiallarini kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtish uchun qazilgan 450 metrlik tunnel aniqlandi.
Bu haqda “Tengrinews” xabar qildi. Tunnel Qozogʻiston prokuraturasi tomonidan muvofiqlashtirilgan holda Turkiston viloyati boʻyicha MMA departamenti va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi departamenti ishtirokida, shuningdek, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari koʻmagida oʻtkazilgan operatsiya natijasida fosh qilindi.
Tergov maʼlumotiga koʻra, tunnel orqali kontrabanda faoliyati ikki oy davom etgan. Uning doirasida barqaror logistika yoʻlga qoʻyilgan, xorijdan moliyalashtirish taʼminlangan hamda neft mahsulotlarini tashish amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ham oʻz hududida tegishli choralarni koʻrgan. Qoʻshma tadbirlar natijasida jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham aniqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda ham gumonlanuvchi sifatida besh kishi javobgarlikka tortilgan boʻlib, ularning barchasi Qozogʻiston fuqarolari boʻlishgan. Avvalroq Qashqadaryo viloyatida fuqaroning tomorqasida 22 tup “kannabis” oʻsimligi ekilgani aniqlangani toʻgʻrisida xabar qilgandik.