So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Toshkentda “Lacetti” va “Tracker” toʻqnashuvi oqibatida bir nafar piyoda vafot etdi
Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida yoʻl transport-hodisasi sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.
Unda aytilishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Oltin tepa-Chahbud koʻchalari chorrahasida “Lacetti” rusumli transport vositasi va “Tracker” rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Toʻqnashuvdan soʻng “Tracker” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl transport-hodisasi natijasida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan,
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgan.