Qidirish

12:40 / 2025-07-18 140 0 Hodisalar

Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

world-news

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori Davlatobod tumanida yashovchi, 1993-y.t. shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona “Iphone 16 PRO MAX” telefon qurilmalarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazib berish evaziga har bir uyali aloqa vositasi uchun 100 AQSH dollaridan, jami 5700 AQSH dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada koʻrsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora koʻrmaganligi evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.

Inspektor joriy yilning 11 va 14-iyul kunlari soʻralgan pul mablagʻidan 900 AQSH dollari hisobida 11 mln 317 ming soʻmni oʻzi va qarindoshiga tegishli bank plastik kartalariga oʻtkazdirib oladi.

Ammo, 16-iyul kuni u 1000 AQSH dollari hisobida 12 mln. 550 ming soʻmni qarindoshining bank plastik kartasiga oʻtkazdirib olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Izohlar 0

Fikr bildirish