So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Uchtepa tumanida joylashgan jinoiy guruh aʼzolari ushlandi
Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozoridagi jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi.
Toshkent shahridagi kriminogen vaziyatni sogʻlomlashtirish hamda jinoyatchilikka barham berish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Uchtepa tumanining Farhod koʻchasida joylashgan “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozorida 12 nafar shaxsdan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.
Jumladan, jinoiy guruh aʼzolari mijozning avtotransport vositasiga uning ruxsatisiz va oldindan kelishmagan holda turli jihozlar oʻrnatib, texnik xizmat koʻrsatishgan. Shundan soʻng, ushbu xizmat bozor narxida 600 AQSH dollari boʻlishiga qaramasdan, fuqarodan 13300 AQSH dollarini tovlamachilik yoʻli bilan undirishgan.
Eng ayanchlisi, eʼtiroz bildirib, oʻz haqqini talab qilgan mijozga zoʻravonlar qoʻrqitish yoʻli bilan tahdid qilishadi.
Yana shunga oʻxshash holatda esa jinoiy guruh aʼzolari boshqa bir fuqaroning avtomashinasiga uning roziligisiz turli ehtiyot qismlarni oʻrnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilishadi. Aniqlanishicha, ular avtomashina kalitini fuqarodan olib qoʻyib, tazyiq oʻtkazish orqali undan 15 mln. soʻm undirishgan.
Bundan tashqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomashinasini qoʻshimcha ehtiyot qismlar bilan jihozlash uchun ulardan jami 70 mln soʻm miqdorida pul olib, vaʼda qilingan ishni bajarishmagan.
Taʼkidlash joizki, jinoiy guruh aʼzolarining koʻpchiligi 1988 - 2002-yillar oraligʻida Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tugʻilgan boʻlib, ularning aksariyati muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165 - (tovlamachilik) va 168 - (firibgarlik) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tergov doirasida guruh aʼzolarining boshqa jinoiy harakatlariga va ulardan jabr koʻrgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.