Qidirish

22:20 / 2025-07-08 207 0 Hodisalar

Turkiya oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashishda qanday yoʻldan bormoqda?

Quyidagi maqola Turkiyaning oʻrmon yongʻinlari bilan kurashda texnologiyasi, jihozlari, havo va quruqlik kuchi va inson resurslari salohiyatini oshirish uchun soʻnggi 23-yil ichida olib borgan tadqiqotlari va erishgan yutuqlari haqida maʼlumotni oʻz ichiga oladi.

world-news

Soʻnggi 23-yil ichida oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashda juda muhim yutuqlarga erishilgan. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligiga qarashli Oʻrmon xoʻjaligi Bosh Boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida texnologiya, asbob-uskunalar, havo va quruqlik kuchi va inson resurslari doimiy ravishda rivojlanib borgan.

2002-yilda 73 tonna boʻlgan havo suvini sepish quvvati bugungi kunga kelib 27 samolyot va 105 vertolyot bilan jami 438 tonnaga yetdi.

Turkiya Yevropada birinchi, dunyoda esa yongʻin oʻchirishda uchuvchisiz havo vositalaridan foydalangan ikkinchi davlatdir. 184 tasi aqlli boʻlgan 14 ta uchuvchisiz havo vositalari va 776 ta qoʻriqchi minorasidan tashqari, sunʼiy intellektga asoslangan tizimlarimiz yordamida yongʻinlar ancha oldinroq aniqlanmoqda. Yongʻinni aniqlash vaqti 2 daqiqaga qisqargan.

2002-yilda bizda bor-yoʻgʻi 637 ta suv tankeri va suv taʼminoti avtomashinalari boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 1786 taga yetdi. 831 ta qurilish texnikasi ham sohada xizmat koʻrsatmoqda. 2002-yilda birinchi kurashish uchun bironta vositalar mavjud boʻlmagan boʻlsa, bu davrda 2742 ta birinchi yongʻinga qarshi avtomashinalari foydalanishga topshirilgan.

Samolyotlar suvni tezroq olishi uchun 23-yil ichida hech qachon mavjud boʻlmagan oʻt oʻchirish havzalari va hovuzlar qurilib, ulardan 4796 tasi foydalanishga topshirilgan. Bu jarayonda malakali kadrlar salohiyati ham kengaytirildi. 2025-yilda oʻrmon tashkilotiga 8500 yangi xodimlar qoʻshilgan.

Bizning muhandislarimiz, tabiatni muhofaza qilish xodimlari va oʻt oʻchiruvchilarimiz, 25 ming oʻrmon qahramonlari bilan birga yam-yashillik iborat vatan boʻylab mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, 131 000 oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishda koʻngillilarimiz ham yordam bermoqda.

Oʻrmon Xoʻjaligi Bosh Boshqarmasi tomonidan oʻtgan yilning kuzidan joriy yilning yoz oyining boshigacha yongʻinni oʻchirishga barcha zarur tayyorgarlik koʻrilgan. Joriy yilning 1-may holatiga koʻra, respublika boʻyicha 1600 ta punktda quruqlikdagi transport vositalari, 58 tasida havo transporti vositalari navbatchilikka shay holatga keltirilgan.

Turkiya bugungi kunda yongʻinlarga qarshi kurashda dunyoda oʻrnak boʻladigan davlatga aylandi. Dunyoning koʻplab davlatlari Turkiya tajribasidan foydalanishni istaydi va Oʻrmon xoʻjaligi Bosh Boshqarmasi bu yoʻnalishda turli mamlakatlarda malaka oshirmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish