So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
Tahririyatimizga Toshkent viloyati Qibray tumani Sharq MFYdan murojaat kelib tushdi.
Xabaringiz bor, respublika boʻylab mahalla raislarini saylash jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Ana shunday holat boʻyicha Qibray tumani Sharq MFY aholisi saylov oldi jarayonlaridan norozi. Sababi bilan qiziqqanimizda esa aholi nomzodlikka bergan ayolni saylovga roʻyxatga qoʻyishmagan. Vaj qilib bu yerda yashamaydi, shaharda turadi, deyishdi. Surishtiruvimiz davomida esa ayol ushbu mahallada yashasada, doimiy yashash joyi Toshkent shahrida boʻlganligi ochiqlandi.
Ancha tortishuvlardan soʻng mahalla raisi binosiga borildi. Afsuski mahalla binosining holati ham juda abgor holatda ekanligiga guvoh boʻldik. Maxallada ishlaydigan xodimlar hatto qishning sovugʻida muzlagan holda ishlaganini ham bilib oldik. Aslida mahalla binosining oʻziga ham yordam kerakligi oydek ravshan boʻldi.
Aholi amaldagi mahalla raisining ishiga sustligi va mahalla uchun harakat qilmasligidan norozi. “Bizga ishlaydigan, mahalla uchun yonib, kuyadigan odam kerak. Mahalladagi kamchiliklarni rais yuqori turuvchi tashkilotlarga yetkazmasa, qachongacha oʻzimiz yurib hal qilamiz” deya juda nolidi fuqarolar.
Negadir mahalla raisligiga aholi bergan nomzod qolib, hokimliklar tomonidan tasdiqlangan nomzodlar qoʻyilmoqda. Aslida xalq oʻzlari xohlagan, ishonch bildirgan vakilni saylash huquqiga ega emasmi?