So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Soʻx tumani aholisining talabi nega qondirilmayapti?
Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi “Guliston” MFYda mahalla raisi saylovlaridan baʼzi bir fuqarolar norozi. Holat masʼullar tomonidan qay darajada nazoratga olingan?

Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasida fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlari mavjud.
2018-yil 28-dekabrda “Mahalla mening taqdirimda: Saylovlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tutgan oʻrni va nufuzi” toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xalqqa murojaat qilgan edi.
Maʼlumki, xalqaro saylov tamoyillarida umumiylik, tenglik, toʻgʻridan-toʻgʻri, ixtiyoriylik, oshkoralik, adolatlilik tamoyillari ustuvor eslatib oʻtilgan va bir qancha moddalar kiritilgan.
Jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8-moddasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida;
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 33-moddasi;
2019-yil 25-iyun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Saylov kodeksi” 18 bob, 103 moddasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 29-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan.
Xulosa qilib aytganda, boʻlajak saylovlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarning ishtiroki saylov qonunchiligidagi yangilik boʻlib, ushbu yangi normani amalga oshirilishida hududlarda ijtimoiy adolat va qonuniylik asosida xalqimizning ogʻirini yengil qilish hamda rozi qilish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan mahalla faollari yuqori saviyada ishtirok etishlari yurtimizning obroʻsini yanada ortishiga munosib hissa qoʻshadi.
Savollar koʻp, javoblar esa hozircha yoʻq! EFFECT.UZ bu mavzuga yana qaytadi...



