So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Yakkasaroy hokimining sobiq oʻrinbosariga belgilangan jazo yengillashtirildi
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha kassatsiya instansiyasida Yakkasaroy tumani hokimi sobiq oʻrinbosariga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi.
A.A. muqaddam Yakkasaroy tuman hokimining qurilish, uy-joy, kommunal xoʻjaligi, transport masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Aytilishicha, “XXX” MCHJ rahbari boʻlgan shaxs tanishi “XXX” MCHJ rahbari xavfli retsidivist T. O. hamda Yakkasaroy tumani hokimining qurilish ishlari boʻyicha oʻrinbosari A.A.lar bilan koʻp oʻzlariga ishonib topshirilgan koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirgan.
Ular tumandagi qurilish obyektlaridan birida 553.706.945 soʻmlik ishlar bajarilganligi haqida soxta maʼlumotlar kiritilgan rasmiy hujjat hisoblanuvchi dalolatnomalarni qalbakilashtirilgan holda 2023-yil noyabr oyida rasmiylashtirishib, unga 91.837.711 soʻmlik haqiqatda bajarilmagan ishlar hajmini qoʻshib yozish orqali byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.