So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan oʻzbekistonliklar Vatanga qaytarildi
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari koʻmagida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan oʻzbeklar doimiy yashash manziliga qaytarildi.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonadan olingan maʼlumotga koʻra, hamyurtimiz S.L. Yekaterinburg shahriga turmush oʻrtogʻi bilan vaqtincha ishlash maqsadida kelgan qizi M.O.ning tugʻruqxona bilan bogʻliq muammolarini hal qilish berishni soʻrab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi “Ayollar kengashi” raisi mazkur murojaatni har tomonlama oʻrganib chiqdi. Maʼlum boʻlishicha M.O. Yekaterinburg shahrida turmush oʻrtogʻi, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush oʻrtogʻi oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida boʻlgʻusi onaning homilasiga va Oʻzbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yoʻqligi maʼlum boʻldi.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar koʻmagida hamyurtlarimizning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun “Yekaterinburg-Toshkent” yoʻnalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berildi.
Oʻzbekiston diplomatlari tomonidan mazkur oilani 3-may kuni Yekaterinburg shahridagi “Kolsovo” xalqaro aeroportidan Toshkent shahriga kuzatib qoʻyildi.