So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Fargʻonada 30 mingdan ortiq aholi hamon ichimlik suvisz yashayaptimi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 18-mart kuni kanalimiz orqali “Fargʻonaliklar ichimlik suvisiz qoldimi?!” nomli video material chop etgan edik.
Bilasiz xar qanday tanqid ortida kimningdur notoʻgʻri harakati ortidan boshqa bir insonning xuquqlari buzilganligi aks etgan video audio, maqola koʻrinishida chop etiladi.
Biz nima demoqchimiz maqolada qayd etilgan 30 mingdan ortiq fuqarolarnig isteʼmoli uchun nega ichimlik suvi oʻz vaqtida yetkazib berilmagan, kimning xatosi, kimlarnig yengil qaraganligi ortidan bir necha ming isteʼmolchilar huquqlari buzilgan? Oʻrganish ortidan aniqlanishicha bunga sababchi boʻlgan tadbirkorlik niqobi ostida faoliyat olib borgan ayrim shaxslar tomonidan qonunlarni bila turib, buzganligi va masʼuliyatsiz masʼullarning oʻz vaqtida oʻrganish ishlarini olib bormaganligi oshkor boʻldi Aytishadi-ku, kasalini yashirsang isitmasi oshkor qiladi, mana videoda aks etgan yer maydonlari aslida dehqon xoʻjaligiga ixtisoslashgan yerlar boʻlgan yerlardan qonunga zid ravishda foydalanib kelishgan hozirda oʻrganish ortidan aniqlangan yer maydonlari hanuz avvalgi holatiga qaytarilmayotganligi bunga masʼul boʻlgan xodimlarning bila turib hamon qonunlarda belgilangan choralarni koʻrish oʻrniga faqatgina ogohlantirish bilan cheklanayotganligi Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonunga boʻysunmaslikni anglatmaydimi?
Huqulari buzilgan fuqarolarning haq-huquqlarini himo qiluvchi organlarning hozirgi kunda jim turganligini qanday izohlash mumkin? Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibga koʻra, respublika prokuraturasidan toʻliq oʻrganib, yer maydonlaridan foydalanib kelgan shaxslarga nisbatan oʻz vaqtida yerlarni asl holiga qaytarilishida va ichimlik suvi quvuri muhofaza maydoni asl holiga qaytarilishida amaliy yordam berilishini soʻrab qolamiz.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 2296-moddasiga koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasi yoki uning qismiga boʻlgan huquqni sotganlik yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berganlik uchun 122,5 million soʻmgacha jarima, 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jinoiy jazosi belgilanmoqda. Ushbu jinoiy qilmish koʻp yoki juda koʻp miqdorda, bir guruh shaxslar, jinoiy guruhlar, takroran yoki retsidivist tomonidan yoxud xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilganligiga qarab yanada ogʻirroq (eng koʻpi 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) jazolanishi koʻzda tutilgan.
Yuqoridagi muammoga Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, Respublika Prezident Administratsiyadan, Qishloq xoʻjaligi vazirligidan, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzsuvtaʼminot AJdan va boshqa huquqni himoya qiluvchi barcha tashkilotlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz!
EFFECT.UZ ushbu holatlarga doir voqealarni kuzatib borishda davom etadi.