So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Taqdimotda renovatsiya tizimining huquqiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlari koʻrib chiqildi.
Respublikada 17 mingta 2-3 qavatli eski uylar bor. Ulardagi sharoit, muhit bugungi zamonga munosib emas. Elektr, gaz, suv va boshqa infratuzilmalar eskirgan, koʻplarida oqova tarmogʻi ham yoʻq.
Shularning oʻrnida zamonaviy uylar qurilsa, hozirgidan 3 barobar koʻp aholi joylashadi.
Xorijiy tajriba asosida, “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bunday dasturlar 3 bosqichda amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda. Avval, shahar va tumanlarda renovatsiyaga mos hudud tanlanib, loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarga yangi uy yoki kompensatsiyalar taklif qilinadi. Barcha mulkdorlar bilan kelishuvlar yakkama-yakka, notarial tartibda tasdiqlanadi. Loyihalar uchun har bir hududda renovatsiya jamgʻarmalari tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda renovatsiya dasturi hududiy va respublika kengashlari tomonidan koʻrib chiqilib, qurilish tashkiloti aniqlanadi. Uchinchi bosqichda uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi. Yangi uylarning 1-2-qavatlarida savdo, xizmat kursatish va kichik ishlab chiqarishlar boʻladi. Xususan, birinchi bosqichda renovatsiya asosida 20 ming xonadon qurilishi moʻljallangan.