So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda UNESCO vakillari ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumenti ochildi
"Tinchlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltarosh Xedva Ser bo'lib, uning asarlari butun dunyoga mashhur.
Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida UNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Stefania Giannini, UNESCOning madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Ser, Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niels Annen va O'zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Tinchlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltarosh Xedva Ser bo'lib, uning asarlari butun dunyoga mashhur.
Ta'kidlash kerakki, ramziy ma'noga ega ushbu monument ilk bor 2008-yilda UNESCO bilan hamkorlikda Isroilda o‘rnatilgan. Keyinchalik esa Germaniya, AQSh, Ozarbayjon, Qozog'iston, Andorra, Gretsiya, Malta va boshqa davlatlarda ham o‘rnatildi. Bugunga qadar 17 ta davlatda "Tinchlik daraxti" mavjud edi. Samarqanddagisi esa 18-"Tinchlik daraxti" bo‘ldi. Ushbu monument bronzadan yasalgan bo‘lib, og‘irligi 750 kilogrammga teng.

"Monumentni o‘rnatish jarayonlarida bir jihat e'tiborimni tortdi, — dedi Xedva Ser xonim. — Odatda, boshqa joylarda “Tinchlik daraxti”ni yaratish uchun uch oygacha vaqt sarflaganmiz. Samarqandda esa to‘rt hafta yetarli bo‘ldi".
Ma'lumot uchun, bu san’at asarining dunyoda keng e’tirof etilishi muallif haykallarida uchta yetakchi din – yahudiylik, islom va nasroniylik timsollarini uyg‘unlashtirgani bilan bog‘liq.